Xitoyning ko‘rinmas-qiruvchi samolyoti «Szyan-20» (J-20) mamlakat harbiy-havo kuchlari bo‘linmasida jangovar navbatchilikni boshladi. Xitoy harbiy-havo kuchlarini vakili Shen Szinkening ma’lum qilishicha, yangi qiruvchi samolyot «mamlakatning havo maydonidagi xavfsizlik darajasini oshirishga» xizmat qiladi, deb yozadi «Xabar» nashri.
Shen Szinkening so‘zlariga ko‘ra, «Szyan-20» qiruvchisi sabab mamlakat harbiy-havo kuchlari jangovar bo‘linmalari uchuvchilarni tayyorlash bo‘yicha barqaror o‘sishga erishgan.
Mazkur qiruvchi samolyot «Red Sword — 2017» o‘quv mashg‘ulotlarida muhim rolni o‘ynagan va «yangi turdagi havo kuchlarining jangovar qobiliyatini mustahkamlash uchun zamin yaratgan». Armiya necha dona yangi qiruvchiga ega bo‘lgani haqida ma’lumotlar yo‘q.
Xitoyning «Szyan-20» to‘rtinchi avlod qiruvchisi birinchi bor havoga 2011 yilda ko‘tarilgan. Keng ommaga esa 2016 yilning noyabrida Chjuaxeda bo‘lib o‘tgan «Air show China» xalqaro aviakosmik salonida namoyish etilgan.
Samolyotni yasashda maxsus tanlangan planerlar va takomillashtirilgan materiallardan foydalanilgani sabab uni odatdagi radiolokatsion qurilmalar yordamida aniqlash juda qiyinchilik tug‘diradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi