Windows 10 kompyuterdagi dasturlarni so‘roqsiz o‘chirib yubormoqda

Vindovsning o‘ninchi versiyasi kompyuterga o‘rnatilgach, avvalgi dasturlarni o‘chirib yuborayotganligidan butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar shikoyat qilishdi, deb yozmoqda Terabayt.uz. Aslini olganda Windows 10 barqaror ishlashiga ta’sir qiluvchi softlarni tozalaydi. Ammo operasion tizim dasturlarni ogohlantirishsiz o‘chirib tashlaganligi keng foydalanuvchilar ommasiga ma’qul tushmadi.
Ayrim mijozlar AMD Catalyst Control Center (videokarta dasturi) yoki CPU-Z va Speccy (apparat vositalari monitoringi uskunasi) kabi g‘oyat zarur dasturlari o‘chib ketganligidan arz qilmoqda. O‘rnatilgan dasturni o‘chirish to‘g‘risidagi qarorni foydalanuvchining o‘zi qabul qilishi kerak, deb hisoblaydi jamoatchilik. Faollar kompaniyaga shu masala yuzasidan shikoyat va takliflarini yo‘llamoqchi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing