08:30 / 05.06.2018
3 693

Ixtiro!!! Ushbu «Aqlli do‘ppi»ni kiygan haydovchi rulda uxlab qolmaydi (video)

Ixtiro!!! Ushbu «Aqlli do‘ppi»ni kiygan haydovchi rulda uxlab qolmaydi (video)
Doston Mardiyev. Foto: «uzdaily.uz»
«Yoshlar» telekanalining «Davr» informatsion dasturi ijodkorlari yosh ixtirochi, Toshkentdagi Inha universiteti talabasi Doston Mardiyev haqida reportaj tayyorladi.

Doston o‘zining bir qator ixtirolari bilan qator tanlovlarda sovrindor bo‘lgan. Uning navbatdagi ixtirosi ham antiqa — u oddiy erkaklar do‘ppisidan «aqlli» do‘ppi yaratdi, deb yozadi Xabar nashri.

G‘oya muallifining aytishicha, «Smart do‘ppi» uzoq manzilga otlangan haydovchilarga asqotadi. U mudroq bosgan haydovchini xushiga keltiradi, ko‘ngilsiz hodisalarni oldini oladi.

Do‘ppining ikki yoniga tebranuvchi moslama hamda o‘chirib-yoqish tugmasini o‘rnatilgan. Uni kiyishdan oldin tugma bosiladi. Uzoq masofaga otlangan haydovchi toliqib, mudroq tutsa, bunda bosh har tarafga tebranadi. Shunday paytda gadjet buni sezadi va vibratsion qurilma ishga tushadi. Tebranish haydovchini uyg‘otadi.

To‘liq reportajni quyidagi videoda tomosha qilishingiz mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)