
Yaqin orada Toshkentda bepul Wi-Fi tizimi paydo bo‘ladi. Toshkent hokimiyati ma’lumotlariga ko‘ra, IT kompaniya hokimiyatning turizmni rivojlantirish departamenti va Jamoatchilik kengashi ko‘magida Sayilgoh ko‘chasida bepul Wi-Fi o‘rnatadi. Bu haqda Kun nashri ma’lum qilmoqda.
Agar tajriba muvaffaqiyatli chiqsa, unda bepul Wi-Fi poytaxtning qolgan gavjum hududlarida ham paydo bo‘lishi mumkin.
Yangi loyiha TasNet.uz deb atalib, uning yordamida AQSHning Ubiquity kompaniyasi uskunalari negizida Wi-Fi tizimini kafe, restoran va mehmonxonalarda o‘rnatish mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar