
Speedtest Global Index kompaniyasi internet tezligi bo‘yicha mamlakatlar reytingini yangiladi. Kompaniya 2018 yil oktyabr oyi uchun ma’lumotlarni o‘z saytida e’lon qildi.
Hisobotga ko‘ra, mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston 110-chi, optik tolali internet tezligi bo‘yicha esa 112-chi o‘rinlarni band etdi.
Reyting mualliflari hisobiga ko‘ra, mobil internet bo‘yicha Tojikistonni oxirgi 124-o‘ringa o‘tkazishdi. Afg‘oniston esa 123-o‘rinda.
Markaziy Osiyo davlatlaridan mobil internet tezligi bo‘yicha Qozog‘iston 74, Qirg‘iziston – 94-o‘rinda.
Rossiya esa 80-o‘rindan joy oldi.
Reytingning birinchi o‘rindagi qatorlarni Norvegiya, Islandiya va Singapur egallab oldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar