
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademik S.Yunusov nomli O‘simlik moddalari kimyosi institutining bir qator mutaxassislari tomonidan xronik alkogolizmni davolash uchun farmatsevtik kompozitsiya ishlab chiqildi.
Ushbu ixtiro alkogolga nisbatan patologik moyillikni turg‘un bartaraf etadigan, alkogol man qilinganida, abstinensiya hodisalarini yengillashtiradigan, simptomatik terapiya uchun har xil farmakoterapevtik guruhlarga mansub preparatlarning xususiyatlarini (sedativ-trankvilizatsiyalovchi, analgetik, nootrop) o‘zida jamlangan yangi preparat yaratish maqsadida qilingan.
Mualliflar guruhiga ushbu yaratilgan ixtirolari uchun IAP 05700 raqamli patent berilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar