UzMobile hududlarda CDMA-450 tarmog‘ini rivojlantirish loyihasini amalga oshiradi

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi «Hududlarda EVDO texnologiyasidan foydalangan holda yuqori tezlikdagi internet xizmatini taqdim etuvchi UzMobile’ning CDMA-450 mobil tarmog‘ini rivojlantirish» loyihasi doirasida telekommunikasiya uskunalarini etkazib berishga tender e’lon qildi, Bu haqda «UzDaily»ga asoslanib «Daryo» nashri .
Tender ikkita to‘plam bo‘yicha e’lon qilingan bo‘lib, birinchisi «UzMobile filialining CDMA-450 mobil tarmog‘ini O‘zbekiston Respublikasining janubiy hududlarida rivojlantirish», ikkinchisi «UzMobile filialining CDMA-450 mobil tarmog‘ini O‘zbekiston Respublikasining shimoliy hududlarida rivojlantirish» loyihasidir.
Uskunalar va xizmatlarning eng yuqori narxi birinchi to‘plam bo‘yicha 6,9 million dollarni, ikkinchi to‘plam bo‘yicha 5,8 million dollarni tashkil etadi. Loyiha «O‘zbektelekom»ning o‘z mablag‘lari evaziga (15 foiz) va etkazib beruvchining besh yillik krediti hisobiga moliyalashtiriladi. Tender takliflari 2015 yil 6 fevralgacha qabul qilinadi.
Foto: O‘zA / Gazeta.uz / Daryo “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing