Foto: DW
Berlinda sinov tariqasida 16 avgust kuni o‘zini-o‘zi boshqaruvchi elektr mikroavtobusi ishga tushirildi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.
Oltita o‘rindiqli ushbu avtobus Berlinning Tegel tumanida metroning oltinchi yo‘nalishi oxirgi bekati va Tegel ko‘li bo‘ylab harakatlanadi.
Avtobus oldindan rejalashtirilgan yo‘nalish bo‘yicha 1,2 kilometr yuradi. U chiqish-tushish uchun eshiklarini ochgan holda yo‘lidagi barcha 4 ta bekatda to‘xtab o‘tadi. Harakatlanish tezligi soatiga 15 kilometrdan oshmaydi.
Avtobus uchun chipta talab etilmaydi. Yo‘lovchilarga kuzatuvchi hamrohlik qilib, harakatlanishni kuzatib boradi va muammoli vaziyat yuzaga kelganda chora ko‘radi.
Yil oxirigacha davom etadigan sinov testida bunday transport vositasi qanday ishlashi, uning sensorlari atrof-muhit va ob-havodan qanday ta’sirlanishi va yo‘lovchilar haydovchisiz avtobusda harakatlanishga qanday munosabatda bo‘lishi haqida xulosalar chiqariladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi