Huawei'ning «P30 Pro» rusumli flagmani Yevropa Tasvir va Ovoz Assotsiatsiyasi (EISA) tomonidan 2019-2020 yillarning eng yaxshi smartfoni deb tan olindi.
Reytingga avtoritet kompaniyalarning 50ta audio va videotexnikalari kiritilgan.
Huawei telefoni EISA talqiniga ko‘ra ketma-ket ikkinchi yil jahondagi eng yaxshi smartfon deb topilmoqda. 2018 yilda shu kompaniyaning «P20 Pro» smartfoni birinchi o‘rinni olgandi.
Bu yil bozordagi o‘rnida eng katta ijobiy siljiy kuzatilgan smartfon sifatida OnePlus'ning «7 Pro» modeli e’tirof etildi. Xiaomi'ning «Redmi Note 7» smartfoni esa «Eng yaxshi xarid» turkumida barcha raqobatchilarini ortda qoldirdi.
Qayd etish joiz, Huawei, OnePlus va Xiaomi'larning uchalasi ham Xitoy kompaniyalaridir.
Ma’lumot uchun, Yevropa Tasvir va Ovoz Assotsiatsiyasi smartfon, kamera, ovoz yozish texnikalari va shu kabi multimedia vositalarini sinovdan o‘tkazish bilan shug‘ullanadi. Tashkilotga 1982 yilda asos solingan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi