Business Insider nashri narx va funksionallik nisbati hisobga olingan holda eng yaxshi smartfonlar reytingini e’lon qildi.
1-o‘rinni Xitoyning OnePlus 7T smartfoni egallagan. Nashrning ta’kidlashicha, qurilma 2019 yilda unumdorlik bo‘yicha Android-qurilmalar orasida eng yaxshisi hisoblanadi hamda chiroyli dizayn, a’lo sifatdagi kamera va yaxshi avtonomlik bilan ajralib turadi.
Foto: OnePlus
2-o‘rinni Apple’ning iPhone 11 smartfoni egalladi. Ushbu smartfon a’lo darajadagi 6,1-dyuymli ekran, kuchli protsessor hamda unumdor kameraga ega.
Foto: Justin Sullivan/Getty Images
3-o‘rinni OnePlus’ning 7 Pro modeli egalladi. Ushbu gadjet unumdor protsessor, yaxshi sifatdagi kamera hamda barmoq izlari va yuzni tanishning o‘ta tezkor datchiklariga ega.
Foto: Antonio Villas-Boas/Business Insider
Reytingning 4-o‘rnidan Google’ning Pixel 3a va Pixel 3a XL smartfonlari joy oldi. Ushbu gadjetlar yaxshi unumdorlik hamda avtonomlikka ega va OLED-displey bilan jihozlangan.
Foto: Hollis Johnson/Business Insider
5-o‘rinni OnePlus 6T modeli egalladi. Ushbu qurilma Xitoy kompaniyasining boshqa qurilmalari kabi a’lo darajadagi avtonomlik, o‘ta tezkor quvvatlash qurilmasiga ega.
Foto: Antonio VIllas-Boas/Business Insider
Shuningdek, reytingdan Samsung Galaxy S10e, iPhone XR, Samsung Galaxy Note 10 Plus, Samsung Galaxy S10 va Galaxy S10 Plus, iPhone 11 Pro va iPhone 11 Pro Max kabi modellar o‘rin olgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi