20:10 / 06.01.2020
4 412

Blokcheyn haqida siz bilmaydigan 8 ta fakt

Blokcheyn haqida siz bilmaydigan 8 ta fakt
Ko‘pchilik blokcheyn texnologiyasiga kriptovalyutalar tranzaksiyasi asosi sifatida e’tibor qaratadi. Biroq uning imkoniyatlari moliyaviy bitimlardan ko‘ra yuqoriroq. Quyida bu inqilobiy texnologiya haqida ayrim qiziq ammo ko‘p tarqalmagan ma’lumotlarni keltiramiz.

Blokcheyndan ilmiy tadqiqotlar natijalarini kuzatish uchun foydalanish mumkin
Scientific American jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 2.5 millionta ilmiy ishlar chop etiladi. Ko‘pincha mualliflarga natijalarni tekshirish qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Blokcheyn ushbu vaziyatda yordamga kelishi mumkin. Scientific American quyidagicha yozadi:

“Blokcheyn ma’lumotlarni nashr etish va tasdiqlashni sezilarli darajada soddalashtiradi va tezlashtiradi - tajribalar natijalarini o‘zgartirish yoki soxtalashtirishning iloji bo‘lmaydi”.

2024 yilga kelib blokcheyn texnologiyalar bozori $60 mlrdga yetadi
2017 yilda blokcheynga asoslangan texnologiyalar bozori 708 million dollarni tashkil qilar edi. Prognozlarga ko‘ra, 2024 yilga kelib ularning umumiy hajmi $60.7 mlrdni tashkil etadi. Bunday o‘sishning asosiy qismi moliyaviy xizmatlar bozoriga to‘g‘ri keladi.

Ayrim texnokompaniyalar allaqachon blokcheynni sotishdan daromad olmoqda
Amerikaning NVIDIA hamda AMD (Advanced Micro Devices) shirkatlari tomonidan taqdim etilayotgan grafik kartalar kriptovalyutalar ishlab chiqish va blokcheyn bilan ishlash imkonini beradi.

Yaqinda NVIDIA rahbari Xuan Jensyunning CNBC’ga aytishicha, texnologiya tubdan yangi shaklga o‘tmoqda va u biz bilan uzoq vaqt qoladi.

Blokcheyn media bozordagi shaffoflikni oshiradi
Salon Media Group reklama uchun shartnomalar va tegishli to‘lovlarni qayd etish uchun blokcheyn texnologiyasiga asoslangan reyestrdan foydalanmoqda. O‘z navbatida Unilever korporatsiyasi AQSHda reklama maydonlarni sotib olish va uning tranzaksiyalarini kuzatishda IBMning blokcheyn texnologiyasidan foydalanmoqda.

Texnologiya yordamida elektr ta’minotlar tarmog‘ini boshqarish mumkin
Blokcheyn elektr energiya iste’molchilari va uni yetkazib beruvchilari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni zamonaviylashtirish imkonini beradi. Ma’lumotlar avtomatik tarzda yagona reyestrda saqlanadi.

Blokcheyn transport sanoatini tubdan o‘zgartirishi mumkin
Dunyo bo‘ylab minglab yuklarni tashish ustidan nazorat kompaniyalar uchun jiddiy muammo hisoblanadi. Blokcheyn ushbu jarayonni hujjatlar aylanishini elektron shaklga o‘tkazish orqali soddalashtirishi mumkin. Bloomberg’ning yaqinda chop etilgan maqolasida aytilishicha, 1960-yillarda konteynerlar o‘lchamlarining standartlashtirilishi sohada inqilobni amalga oshirgan. Agar blokcheyn logistikani haqiqatdan soddalashtirsa, butun dunyo bo‘ylab tovarlar arzonlashadi.

Texnologiyadan radiochastotalarni boshqarishda foydalanish mumkin
Hozirgi kunda AQSHda tijoriy radiostansiyalar uchun cheklangan chastota diapazoni mavjud. Uning ba’zi tarmoqlari umumiy uyali aloqa uchun ishlatiladi, boshqalari hukumat tashkilotlari foydalanishi uchun, uchinchi xillari esa WiFi kabi texnologiyalar uchun mo‘ljallangan. Blokcheyn radiochastotalarni boshqarish va talab hajmiga qarab diapazonlarni taqsimlashga imkon beradi.

Raqamli pasportlar blokcheynda ishlaydi
Dunyo bo‘ylab milliardlab odamlar o‘zlarining shaxsini tasdiqlashga [hujjat bilan] qiynalishadi. Microsoft buni o‘zgartirishni xohlaydi. Ayni paytda kompaniya markazlashtirilmagan raqamli identifikatsiya tizimini ishlab chiqmoqda. Tizim har bir insonga unikal raqam beradi. U bank xizmatlaridan foydalanishda, sog‘liqni saqlashda va hatto dunyo bo‘ylab sayohat qilishda ishlatilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Blokcheyn haqida siz bilmaydigan 8 ta fakt