
Telefon markalarini hashamatli qilib qayta jihozlashga ixtisoslashgan Caviar shirkati iPhone 11 Pro va Pro Max’ni kiberprank uslubida taqdim etdi. Mutaxassislar bu boradi Teslaning yangi pikapi Cybertruck’dan ilhomlanishgan.
Qayta jihozlangan ayfonning korpusi Kibertrak futuristik kuzovi dizaynini takrorlaydi. Ekranning ustiga titandan qoplama o‘rnatilgan bo‘lib, ochilganda u stend vazifasini o‘tashi mumkin.
"Rossiyalik muhandislar Ilon Maskning yangi rezonansli krossover modelining dizayn konsepsiyasiga asoslangan noyob smartfon dizaynini taqdim etishdi", deyiladi ishlab chiqaruvchining veb-saytida.
Kaveraning ayfonlari 99 dona chiqariladi. Uning narxi ochiqlanmagan. Biroq mutaxassislar fikricha, oltin va brilliantlar bilan qoplangan “kiberfon”ning narxi $100 minggacha yetishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar