
Bitkoin qiymati o‘tgan yil oktabr oyidan beri ilk bor 10 ming dollardan oshdi. Bu haqda «RBK»ga tayanib Daryo xabar bermoqda.
Kriptovalyuta kursi maksimumda 10179 dollarga chiqqan, biroq keyinchalik biroz pasaygan.
Bloomberg agentligiga ko‘ra, bitkoin kursi oxirgi oyda doimiy oshib bormoqda. 2020 yilning dastlabki kunlaridagi umumiy o‘sish esa 40 foizni tashkil etgan.
Tahlilchilar yuzaga kelgan vaziyatni investorlarning Xitoydagi koronavirus bilan bog‘liq holat yaqin orada bartaraf etilishi va uning jahon iqtisodiyotiga ta’siri unchalik sezilarli bo‘lmasligi haqidagi xabarlar asnosida qaltis aktivlarga pul tikishga tayyorligi bilan izohlamoqda.
Shuningdek, mazkur kriptovalyuta investorlar tomonidan ortib borayotgan geosiyosiy xatarlar fonida zaxira varianti sifatida ham ko‘rilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar