Foto: Reuters
Google kompaniyasi koronavirus pandemiyasi sharoitida odamlarni kuzatish imkonini beradigan sayt yaratdi. Bu haqda kompaniya blogida axborot berilgan.
COVID-19 Community Mobility Reports saytida Google servislaridan foydalanuvchilarning qayerda ekani haqida hisobotlar berib boriladi. Kompaniya o‘z siyosatiga sodiq qolishini, maxfiylikni kafolatlashi, shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor etmasligi, jumladan, geojoylashuv yoki kontakt haqidagi axborotlarni sir tutishni o‘z zimmasiga olgan.
Google hisobotlari uchun anonim ma’lumotlar olinadi va asosan odamlar ko‘p to‘planadigan maskanlar, do‘konlar, jamoat joylari, dorixonalar, xiyobonlar, ish joylari va turar-joylardagi odamlar harakatini ko‘rsatadi. Kompaniya odamlarning harakatini butun dunyoda kuzatadi va bu orqali 131 mamlakatdagi holatni o‘rganish mumkin.
Kompaniya odamlar harakati tendensiyalari asosida ularning harakatlanishini kuzatadi. Ularning muayyan joydagi ommaviylik darajasi foizlarda aks etadi, biroq bu kishilar borgan absolyut joylar emas. Hisobotlarda bir necha hafta davomida to‘plangan ma’lumotlar, 48-27 soat oralig‘idagi eng yaxshi axborotlar ko‘rinadi.
Hozir Google Maps servisida koronavirusning dunyo bo‘ylab tarqalish nuqtalari joylashadi. O‘tgan haftada «Yandeks» shunday xaritani ishga tushirgan, unda koronavirus bilan kasallanganlar, tuzalgan va halok bo‘lganlar soni bilan ham tanishsa bo‘ladi. Bundan tashqari, kompaniya o‘z-o‘zini izolyatsiya qilganlar indeksini ham namoyish etadi. Ko‘rsatkich qancha yuqori bo‘lsa, uyda o‘tirganlar soni shuncha ko‘p bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?