Beeline Saudiya Arabiston roumingidagi barcha SMS va qo‘ng‘iroqlar uchun Umra vaqtida chegirma bermoqda

Beeline Umra vaqtida Saudiya Arabistonda bo‘lgan kompaniya abonentlari uchun maxsus rouming-tariflarni joriy qilmoqda. Mahalliy rouming-hamkorlar bilan kelishuv yordamida Beeline mijozlari o‘z raqamlarida arzonlashtirilgan narxlar bo‘yicha aloqada qolishlari mumkin.
Chegirmalar Zain SA (Mobile Telecommunication Company Saudi Arabia) operatori tarmog‘ida 12 fevraldan 4 maygacha quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amal qiladi:
• kirish qo‘ng‘iroqlari
• Saudiya Arabiston bo‘ylab mahalliy chiqish qo‘ng‘iroqlari
• O‘zbekistonga chiqish qo‘ng‘iroqlari
• SMS
• Internet
Yuqorida keltirilgan barcha yo‘nalishlar uchun qo‘ng‘iroqlar narxi daqiqasiga $1,30 tashkil qiladi. Bir SMS narxi $0,15 tashkil qiladi, Internet uchun esa $0,50 tashkil etdi.
Zain operatori abonentlarimizning telefon ekranlarida “Zain SA”, “42004” yoki “KSA04” sifatida ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing