Foto: Getty Images
“Top-500” xalqaro loyihasining mutaxassislari Yaponiyaning “Fugaku” superkompyuterini dunyodagi eng tez ishlovchi kompyuter deb tan olishdi. Ushbu qurilma Yaponiyaning tabiiy fanlar institutida joylashgan.
Ta’kidlanishicha, yapon superkompyuteri sanoatda, sun’iy ong sohasida va katta raqamlarni tahlil qilishda eng yaxshi ko‘rsatkichlarni namoyish qilgan. Kompyuter bir soniyada 415 kvadrillion (1 kvadrillion 1000 trillionga teng) amalni bajara oladi. Bu esa 2019 yil nobyardan beri reytingda birinchi o‘rinni egallab kelgan, AQSHning Ok-Rijdagi milliy laboratoriyasida o‘rnatilgan “Sammit” superkompyuterining tezligidan 2,8 barobar ko‘proqni tashkil qiladi.
“Fugaku” may oyida Kobe shahridagi tabiiy fanlar institutining kompyuter tadqiqotlari markaziga yetkazilgan. U to‘liq quvvat bilan 2021 yil apreldan ishlashi kutilmoqda. Hozircha qurilma boshqa vazifalar bilan bir qatorda koronavirusga qarshi turli vositalarni ishlab chiqishda qo‘llanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi