Foto: Wallhere
Shveysariyaning HeIQ kompaniyasi mutaxassislari matodagi virus zarralarini yo‘q qilishga qodir texnologiya yaratdi. Hozirda ushbu ixtiro jinsi matolarida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan va antivirus kolleksiya yaratilmoqda, deb yozadi Dazed.
Ixtirochilarning so‘zlariga ko‘ra, Viroblock nomli mazkur texnologiya ustidagi ishlar 2013 yilda boshlangan, pandemiya esa tadqiqotlarni tezlashtirib yuborgan.
Dastlab maxsus qoplamani himoya niqoblarida ishlatish rejalashtirilgan, biroq kompaniya dizaynerlar bilan birlashib, antivirus jinsilar kolleksiyasini taqdim etgan.
Viroblock bu — jinsilar ustiga qoplangan yupqa plyonka. Ixtirochilarning ta’kidlashicha, mazkur plyonka viruslarni «tutib qoladi» va uni yarim soat ichida butkul o‘ldiradi.
Viroblock jinsilarini 30 martagacha yuvish mumkin. Shundan so‘ng mato o‘zidagi viruslarni o‘ldirish xususiyatini yo‘qotadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi