Zamonaviy smartfonlar, xususan, flagman modellarga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri – kamerasi zo‘r bo‘lishidir. Xo‘sh, Samsung kompaniyasining eng so‘nggi va zo‘r fableti bu borada qanaqa ekan?
Phone Arena nashri mutaxassislari Galaxy Note 20 Ultra smartfonining suratga olish imkoniyatlarini kompaniyaning avvalgi flagmanlari – Galaxy S20 Ultra hamda Galaxy Note 10+ modellari, shuningdek, asosiy raqobatchining eng zo‘r smartfoni – iPhone 11 Pro Max bilan taqqoslab ko‘rdi. To‘g‘ri, buni smartfonlar kameralarining professional tavsifi deb bo‘lmaydi, lekin baribir ularni o‘zaro solishtirish uchun yaxshi imkoniyatdir.
Aytish kerakki, Galaxy Note 20 Ultra hamda Galaxy S20 Ultra olgan suratlar mutlaqo bir xil, ular orasida hatto mayda detallarda ham farq sezilmaydi.
Testlar natijasiga ko‘ra smartfonlarning suratkashlik mahoratlari quyidagicha baholangan:
- Galaxy Note 20 Ultra — 8,7 ball;
- Galaxy S20 Ultra — 8,6 ball;
- Galaxy Note 10+ — 8,3 ball;
- iPhone 11 Pro Max — 8,1 ball.
Ko‘rib turganingizdek, farqlar aytarli katta emas, lekin Apple'ning eng qimmat smartfonida ham telefoto kamerasi raqiblarnikidan qolishadi. Ayrim sahnalarda esa hatto o‘tgan yilgi Galaxy Note 10+ barchasidan ustun kelgan.
Phon Arena o‘tkazgan tajriba, undagi to‘liq o‘lchamli suratlar bilan ushbu havola orqali (ingliz tilida) batafsil tanishishingiz mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi