Foto: Motor
Elektrokarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Xpeng kompaniyasi tomonidan Kiwigogo aeromobili prototipi taqdim qilindi, deb xabar beradi Motor.
Gigant oktokopterni esga soladigan uchar avtomobil ikki yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 5 metrdan 25 metr balandlikkacha parvoz qilishi mumkin. Ta’kidlanishicha, Kiwigogo’ga Alibaba va Foxconn hamda boshqa yirik korporatsiya investorlari tomonidan 1,7 milliard sarmoya kiritilgan.
Foto: Motor
Kiwigogo prototip bosqichida ekani tufayli hozircha Xpeng Heitech, mazkur biznes va potensial bozor istiqbollarini o‘rganish bilan mashg‘ul, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning sentabr oyi o‘rtalarida Turkiyaning Baykar kompaniyasi tomonidan Cezeri aeromobilining sinov parvozi muhrlangan video taqdim qilingandi. Cezeri 2 ming metr balandlikka ko‘tarilishi, soatiga 100 km tezlikda 70-80 km masofani bosib o‘tishi mumkin.
2019 yilda gollandiyaliklar tomonidan Pal-V taqdim qilingan va u Kiwigogo hamda Cezeri’dan farqli o‘laroq faqat havoda emas, yo‘lda ham harakatlanishi mumkin bo‘lgan. Uchar avtomobil yerda soatiga 160 kilometr harakatlanishga qodir 100 ot kuchiga teng bo‘lgan va havoda harakatlanishi uchun 200 ot kuchiga teng dvigatel bilan jihozlangan. U havoda soatiga 180 kilometr tezlikda, yerdan 3,5 metrgacha balandlikda harakatlana olgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”