17:01 / 01.10.2020
2 302

«Telegram»da yangilik! Endi izohlar qoldirishingiz mumkin

«Telegram»da yangilik! Endi izohlar qoldirishingiz mumkin
«Telegram» kanallarda izohlar qoldirish funksiyasini ishga tushirdi. Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov o‘z telegram-kanalida xabar berdi.

«Biz bugundan kanallarga izohlar qoldirish funksiyasini qo‘shdik. «Telegram»ni yangilagandan keyin siz ayrim kanallarga, jumladan, ushbu kanalga ham izoh qoldira olasiz», — dedi Durov.

Durovning ta’kidlashicha, izohlar guruhli chatlarga o‘xshaydi, ya’ni barcha izohlar muayyan kanalga biriktirilgan bo‘ladi. Izoh beruvchilar o‘z ovozli xabarlari yoki GIF-suratlarini qoldirishi mumkin, kanallar administratorlari esa ma’lum bir cheklovlarni belgilash imkoniyatiga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Telegram»da yangilik! Endi izohlar qoldirishingiz mumkin