Foto: Apple
Apple’ning yangi iPhone 12 Pro smartfonida antiqa funksiya aniqlandi. Ta’kidlanishicha, yangi smartfon turli ob’ektlar balandligini, jumladan odam bo‘yini o‘lchay oladi.
GizChina nashrining xabar berishicha, yangi funksiyadan foydalanish uchun “Ruletka” deb nomlangan dasturni ochib, smartfon kamerasini odamga u kadrga to‘liq joylashadigan qilib yo‘naltirish lozim.
Birozdan keyin smartfonda odamning bo‘yi ko‘rsatilgan chiziq paydo bo‘ladi. Kompaniyada yangi funksiya borligi tasdiqlangan va u turli ob’ektlar, misol uchun, mebel jihozlari o‘lchamlari, devorlar balandligi va shu kabilarni o‘lchash uchun ishlab chiqilgani ma’lum qilingan.
Ta’kidlanishicha, ushbu funksiyaga lidar skaneri bilan jihozlangan yangi gadjetlargina ega. Ushbu texnologiya to‘ldirilgan reallik bilan birgalikda ishlaydi. U iPhone 12 Pro, iPhone 12 Pro Max va yangi iPad Pro planshetida qo‘llanadi.
Apple’ning yangi smartfonlari qatori 13 oktabrda iPhone 12, 12 mini, 12 Pro va 12 Pro Max modifikatsiyalarida taqdim etilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”