1 878
Shveysariyalik olimlar ko‘zi ojizlarning ko‘rishiga yordam beradigan ko‘z to‘rpardasi impantini yaratdi
Foto: Legion Media
Lozanna federal politexnika maktabi (EFPL) olimlari ko‘zi ojiz insonlarga buyumlar shaklini ko‘rish imkonini beradigan ko‘z implantini yaratdi, deb xabar beradi Esquire.
Neyromuhandislik kafedrasi mudisi Diego Gezzi 2015 yildan buyon 10,5 ming elektroddan iborat ko‘z to‘rpardasi implantini yaratish ustida ishlab kelmoqda. U «aqlli» ko‘zoynaklar bilan birgalikda ishlab, insonga tasvirni uzatadi.
Ko‘zoynakka o‘rnatilgan kamera atrofdagi buyumlarni tasvirga oladi va ma’lumotlarni undagi mikrokompyuterga yuboradi. Tizim ma’lumotlar implant to‘rpardadagi elektrodlarga uzatiladigan yorug‘lik signallariga aylantiradi. Shundan so‘ng elektrodlar to‘rpardaga shunday ta’sir ko‘rsatadiki, inson tasvirning yorug‘lik nuqtalaridan iborat soddalashtirilgan oq-qora versiyasini ko‘radi.
«Bu xuddi tungi osmondagi yulduzlarni tomosha qilayotgandek bo‘lib, yulduz turkumlarini ajratishni o‘rganib olish kerak», — deydi Gezzi.
Bundan tashqari, implant juda egiluvchan material — shaffof polimerdan tayyorlangan bo‘lib, uni operatsiya vaqtida o‘rnatish oson va to‘rparda bilan yaxshi aloqaga kirishadi. Hozircha texnologiya insonlarda sinab ko‘rilgani yo‘q, biroq ta’kidlanishicha, implant klinik sinovlarga tayyor. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”