17:30 / 24.04.2021
2 689

Logotip o‘g‘irlanganmi? Sud «Chanel – Huawei ishi»ni yopdi


Chapda — «Huawei», o‘ngda — «Chanel» logotipi.
Foto: «Ferra.ru»

Kiyim-kechak va modalar biznesida nufuzli o‘ringa ega «Chanel» brendi to‘rt yil ilgari Xitoy texnogiganti «Huawei» kompaniyasini o‘z logotipini o‘zlashtirishda ayblab chiqqandi. «Ferra.ru» ushbu mojaro qanday yakun topgani haqida yozmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Huawei» Yevropa ittifoqining Intellektual mulk tashkilotida (EUIPO) kompyuter qurilmasi uchun o‘z savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lganida, bu belgi «Chanel»ga ko‘chirmakashlik bo‘lib ko‘ringan edi. Tashkilotga kiritilgan da’voda «Huawei» logotipidagi o‘xshashlikdan foydalanib, xaridorlarni chalg‘itishi mumkinligiga ishora qilingan.

Endi ma’lum bo‘lishicha, EUIPO 2019 yilda «Chanel»ning da’vosini asossiz deb topgan: mutaxassislar hech qanday o‘xshashlikni topishmagan, xitoyliklarning logotipi hech kimni chalg‘itishi mumkinmas.

Bundan qanoatlanmagan «Chanel»ning shu hafta Luksemburg sudiga da’vo kiritishga urinishi ham «o‘xshamadi».
«Muhokama qilinayotgan savdo belgilari umumiy jihatlarga ega emas. Logotiplarni ro‘yxatga olishda taqdim etilgan ko‘rinishda, yonga burmasdan taqqoslash o‘rinli. Xususan, «Chanel» belgisi nisbatan aylanasimon, yo‘g‘on chiziqlardan iborat va gorizontal joylashgan, «Huawei» belgisi esa — tik joylashgan. Demak, belgilar farq qiladi», — deyiladi sud tribunali qarorida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Logotip o‘g‘irlanganmi? Sud «Chanel – Huawei ishi»ni yopdi