17:06 / 27.08.2021
2 296

YouTube so‘nggi uch yilda kontent yaratayotgan mualliflarga 30 mlrd dollardan ortiq mablag‘ to‘lagan

YouTube so‘nggi uch yilda kontent yaratayotgan mualliflarga 30 mlrd dollardan ortiq mablag‘ to‘lagan
Foto: Bloomberg
YouTube videoservisi o‘tgan uch yil ichida kontent yaratuvchilarga 30 milliard dollardan ortiq pul to‘lagan, sheriklik dasturi ishtirokchilari esa 2 milliondan oshgan, deb xabar beradi 3DNews.

YouTube 2007 yildan buyon reklama orqali ishlagan mablag‘larining bir qismini kontent mualliflariga sarflab keladi. Natijada foydalanuvchi tomonidan turli usullarda e’lon qilinuvchi roliklar orqali pul ishlash imkonini beradigan sheriklik dasturi yuzaga kelgan. Bu o‘z vaqtida to‘g‘ri yechim bo‘lgan, chunki o‘sha paytlarda reklama beruvchilar servisga nomaqbul videolari ko‘pligi sabab boykot e’lon qilgandi. 2018 yilda kompaniya monetizatsiyani faollashtiruvchi kanallar sonini sezilarli darajada qisqartirdi, qoidalarini qattiqlashtirdi, ammo hozirda sheriklik dasturi ishtirokchilari yana ortmoqda.

YouTube’ning asosiy raqobatchilari bo‘lgan Facebook, TikTok va Instagram kontent yaratuvchilarini saxiy to‘lovlar bilan o‘ziga jalb etishga urinmoqda, ammo hozirgacha ularning hech biri bu borada YouTube’dan o‘tib ketmadi. Facebook mualliflarni jalb qilish uchun 2023 yilga qadar komissiya yig‘imidan ham voz kechgan. Biroq YouTube hamon eng mashhur video maydonchaligicha qolmoqda.

Shuningdek, YouTube platformada video e’lon qiladigan an’anaviy OAVlarga mukofot puli to‘lab keladi. Umumiy mablag‘ning qanchasi kompaniya hisobida qolishi noma’lum, ammo mutaxassislarning fikricha, to‘lovlarning katta qismi mustaqil mualliflarga ketadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » YouTube so‘nggi uch yilda kontent yaratayotgan mualliflarga 30 mlrd dollardan ortiq mablag‘ to‘lagan