11:55 / 24.09.2021
935

Nokia uchtalik kamera va 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi G50 smartfonini taqdim etdi

Nokia uchtalik kamera va 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi G50 smartfonini taqdim etdi
Foto: Hi-Tech.Mail.ru
HDM Global kompaniyasi yangi Nokia G50 smartfonini taqdim etdi. Gadjet korpusi xira shisha ko‘rinishidagi kompozitdan ishlangan, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Nokia G50 smartfoniga HD+ sifatni qo‘llab-quvvatlaydigan 6,38 dyuymli suyuq kristall displey o‘rnatilgan. Ekran Gorilla Glass 3 shishasidan ishlangan bo‘lib, bu qo‘shimcha mustahkamlikni taqdim etadi. Orqa panelida yumaloq kamera moduli joylashgan bo‘lib, uning ichidan uchta datchik o‘rin olgan. Suratga olish uchun bu yerda uchtalik kameradan foydalaniladi — 48 megapikselli asosiy, 5 megapikselli ultra keng va 2 megapikselli chuqurlikni o‘lchovchi datchik. Frontal kamerasi — 8 megapiksel.

Qurilma OZO Audio texnologiyasidan foydalangan holda Full HD sifatda video tasvirga olishga qodir. Bundan tashqari, yaxshi yoritilmagan sharoitda ham suratga olish rejimi mavjud: qorong‘i bino yoki tunda ko‘chada, shuningdek, «Pro» rejimi professional fotoapparatlarda foydalaniladigan RAW formatida suratga olishi mumkin.

Smartfonga sig‘imi 5000 mA/soatga teng batareya o‘rnatilgan bo‘lib, faol foydalanish davomida quvvat ikki kunga yetadi. 18 vattli tezkor quvvatlantirish funksiyasi ham mavjud. Nokia G50 Android 11 operatsion tizimi yordamida boshqariladi. Tizim xavfsizligi uch yil davomida har oy, operatsion tizim esa — har ikki yilda yangilanib turadi. Apparat sakkiz yadroli Snapdragon 480 bazasida ishlaydi.

Nokia G50 ning 4/128 gigabaytli versiyasini 300 dollarga oldindan buyurtma qilish mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Texnologiya » Nokia uchtalik kamera va 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi G50 smartfonini taqdim etdi
[/banner_pushhouse