2 252
TikTok'da o‘zbek tili paydo bo‘lishi va platforma milliy qadriyatlarga moslanishi mumkin
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov O‘zbekistonda rasman cheklangan TikTok ijtimoiy tarmog‘i vitse-prezidenti, doktor Teo Bertram va kompaniyaning mas’ul xodimlari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Allamjonovning o‘zi Telegram’dagi kanalida xabar qildi.
Komil Allamjonovning aytishicha, «TikTok zararli bo‘lsa, uni foydali resursga aylantirish lozim. Shunga o‘xshash kompaniyalar faoliyatini cheklash emas, balki ular bilan yaqindan muloqot, hamkorlik o‘rnatgan holda ishlash hamma uchun ko‘proq manfaatli va to‘g‘riroq bo‘ladi».
Qayd etilishicha, uchrashuvda o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilingan. Allamjonov kompaniya vakillariga tarmoqning ichki normalari va ayrim tartib-qoidalarini ko‘rib chiqish, uni O‘zbekiston qadriyatlari, urf-odat va mentalitetiga moslash bo‘yicha takliflar bergan.
«Ular tomonidan bu taklif, albatta, inobatga olinishi, bu borada hamkorlikka, shuningdek, ilovaga o‘zbek tilini ham kiritishga tayyor ekani ma’lum qilindi», — deya ta’kidlagan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi.
Eslatib o‘tamiz, may va iyun oylarida «O‘zkomnazorat» matbuot xizmati «VKontakte», Twitter, WeChat, Skype va TikTok servislari ma’muriyatlariga «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonunning 27-1-moddasi talablarga rioya etilishini ta’minlash choralarini ko‘rish yuzasidan ko‘rsatmalar bergandi.
Iyul oyiga kelib O‘zbekistonda TikTok va Twitter’ning ochilishi sekinlashdi. 2 iyul kuni esa O‘zbekistonda ayrim ijtimoiy tarmoqlar, xususan, TikTok’dan foydalanish rasman cheklandi.
Keyinchalik «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammadjonova TikTok ijtimoiy tarmog‘ini butunlay bloklashni taklif qildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi