17:28 / 02.05.2022
1 508

Bo‘g‘imlarni himoya qiluvchi ichimlik ma’lum bo‘ldi

Bo‘g‘imlarni himoya qiluvchi ichimlik ma’lum bo‘ldi
Shifokorlar bo‘g‘imlar bilan muammolar paydo bo‘lganda ko‘proq ko‘k choy iste’mol qilishni tavsiya qilishmoqda. Bu haqida “Doktor Piter” nashri xabar berdi.

Bo‘g‘imlardagi og‘riqni antioksidantli, yallig‘lanishga qarshi mahsulotlar yordam berishi mumkin. Polifenollarga boy bo‘lgan ko‘k choy aynan unday xususiyatga ega.

Ushbu ichimlik yallig‘lanishni kamaytiradi va kemirchak yomonlashishini oldini oladi. Bundan tashqari, choy tarkibida antioksidant ko‘p. U esa bo‘g‘imlarni shikastlovchi molekulalarni yo‘q qiladi.

Choydan tashqari, bo‘g‘imlar kasalliginini oldini olishda yashil bargli ko‘katlar ham yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Brokkoli, ismaloq va karamda S, Ye va K vitaminlari, shuningdek, suyaklarni mustahkamlovchi kalsiy moddasi bor.

Mutaxassislar bunda sabzavotlarni qovurilgani yoki qaynatilgani emas, balki bug‘da dimlangani foydali bo‘lishini ta’kidlashadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Bo‘g‘imlarni himoya qiluvchi ichimlik ma’lum bo‘ldi