11:00 / 17.05.2022
3 083

Organizmda suyuqlik to‘planishining 5 ta sababi

Organizmda suyuqlik to‘planishining 5 ta sababi
Foto: «Noviy ochag»
Badanda shish holati kuzatilganda, birinchi bo‘lib organizmda nimalar yuz berayotganini aniqlash kerak. Agar biror organ bilan bog‘liq jiddiy muammo bo‘lmasa, «Noviy ochag» nashri organizmda suyuqlik to‘planishining yettita asosiy sababini bilib olishni maslahat beradi.

Nosog‘lom turmush tarzi
Tez-tez tayyor ovqat iste’mol qilish va uning tarkibidagi tuz organizmdagi suv muvozanatiga xalaqit beradi. Tez uglevodlar shakar darajasini oshiradi, bunga javoban tanada insulin ishlab chiqariladi, uning ortiqchasi buyraklarni tuzni qayta ishlashga olib keladi va muvozanat yana buziladi. Agar bu doimiy ravishda sodir bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling.

Hayz oldi kunlari
Ko‘p ayollarda suv yig‘ilishi ovulyatsiya paytida gormonal o‘zgarishlar tufayli siklning o‘rtasida sodir bo‘ladi. Bu normal holat va tibbiy aralashuvni talab qilmaydi. Mutaxassislar tuzni iste’mol qilishni kamaytirish va magniy bilan vitaminlar ichishni maslahat beradi.

Gormonal kontratsepsiya
Tabletkalarning nojo‘ya ta’siridan biri suvni to‘plab turish bo‘lishi mumkin. Hayz paytida hamma narsa yaxshilanadi. B6 vitaminini qabul qilish tavsiya etiladi.

Homiladorlik
Homiladorlik davrida ham suv tufayli shish paydo bo‘lishi mumkin. Chaqaloq qorin bo‘shlig‘iga bosim o‘tkazadi, onaning organizmida qon oqimi sekinlashadi. Agar shish kuchli bo‘lmasa, xavotir olishga o‘rin yo‘q.

Menopauza
Bu vaqtda gormonal fon o‘zgaradi va suvni ushlab turish tez-tez sodir bo‘lishi mumkin. Asosiysi, agar u salomatlikka xalaqit bermasa, tashvishlanmang.

Uzoq parvoz
Asosiy sabablar — bir holatda uzoq vaqt o‘tirish va ratsionni o‘zgartirish. Parvoz yakunlangandan keyin barchasi o‘tib ketadi.

Qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolar
Gormonal nomutanosiblik ham organizmdagi suvni ushlab turishga olib kelishi mumkin. Endokrinolog bilan bog‘lanish va kerakli tekshiruvlardan o‘tish tavisya etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Organizmda suyuqlik to‘planishining 5 ta sababi