12:42 / 18.07.2022
1 465

Telefon sabab bolalar ko‘zida sariq parda o‘syaptimi?

Telefon sabab bolalar ko‘zida sariq parda o‘syaptimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda telefondan ko‘p foydalanish oqibatida bolalar ko‘zida sariq parda o‘sayotgani va bu bora-bora ko‘z qorachig‘ini to‘sib qo‘yishi haqidagi xabarlar tarqaldi. Ushbu holatga «Ko‘z nuri» klinikasi oftalmologi Mehruz Saidov «Shifobaxsh» kanaliga bergan intervyusida izoh berdi.

Ko‘z shifokori Mehruz Saidovning ta’kidlashicha, tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

«Bu kasallik ko‘zga biron bir suyuqlik tomizilishi oqibatida kelib chiqishi mumkin. Shuningdek, noto‘g‘ri ovqatlanish yoki ko‘zga yot jism tushishi natijasida ko‘zda yuz bergan allergik holat bu shishishni keltirib chiqarishi mumkin», – dedi oftalmolog. Ushbu kasallikning klinik belgilari:
- ko‘zda yoshlanish;
- ko‘zda qizarish;
- ko‘zda qadalish;
- ko‘zda qichishish.

«Ko‘rishga hech qanday ta’sir qilmaydi. Shifokor bilan maslahatlashgan holda uy sharoitida diazolin tabletkasini iste’mol qilish mumkin», – dedi ko‘z shifokori.

Mutaxassisning alohida ta’kidlashicha, bolalarning telefondan ko‘p foydalanishi qo‘shimcha kasalliklar olib keladi.

Bular: ko‘zning qurish sindromi, «yolg‘ondan minus», ya’ni bola uzoqni yaxshi ko‘rolmaslikni boshlaydi. Bu bora-bora «rost minusga» – uzoqni yaxshi ko‘rmaslikka olib kelishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Telefon sabab bolalar ko‘zida sariq parda o‘syaptimi?