18:42 / 09.09.2022
1 874

Natija hayratlanarli: Bir oy davomida har kuni obruch aylantirilsa organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

Natija hayratlanarli: Bir oy davomida har kuni obruch aylantirilsa organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
Foto: «Yandeks.ru»
Ko‘plab insonlar uchun obruch bilan bog‘liq mashg‘ulotlar maktabda so‘nggi gimnastika darsi tugagan kuni o‘z nihoyasiga yetgan. Nafaqat bolalar, balki kattalar ham obruch aylantirishi mumkin. Bu sizning oilaviy faoliyatingizga aylansa, undan ham yaxshi.

Mashg‘ulot qiziqarli bo‘lsa, keyingi safar uni intiqlik bilan kutasiz. Shuning uchun o‘zingizga yoqadigan mashqlarni topish juda muhimdir. Wday nashri obruchni aylantirish nafaqat qiziqarli, balki foydali ekani haqida ma’lumot berdi.

Foydali tomonlari:

Kaloriyani yoqish
Kaloriya tanqisligi vazn ortishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Obruchdan tushadigan yukni raqs aerobikasi bilan taqqoslash mumkin. Obruch aylantirayotganda, yarim soat ichida taxminan 165 kaloriya yoqiladi.

Hajmni kamaytirish
Hipcha belni orzu qilgan har bir kishiga obruch yordam berishi mumkin. Tadqiqotlarning birida ayollar 6 hafta davomida obruch aylantirish orqali belida taxminan 3,4 sm va oyoqning son qismidan esa 1,4 sm yo‘qotgan.

Yurak-qon tomir tizimining faoliyatini yaxshilash
Kardio mashg‘ulotlar tanangiz uchun foydali hisoblanadi. Ular yurak-qon tomir kasalliklari va diabetning yuzaga kelish xavfini kamaytiradi, shuningdek, miya faoliyatini yaxshilaydi va stressni yengillashtiradi. Uyda obruch aylantirish o‘zingizni kerakli yuk bilan ta’minlashga yordam beradi.

Mushaklarni kuchaytirish
Obruchdan foydalanayotganda uni belingizda ushlab turish uchun tananing orqa qismini qanchalik qiyin aylantirish kerakligini yaxshi bilasiz. Obruch mashqlari son, qorin mushaklarini, shuningdek tananing pastki mushaklarini harakatga keltiradi.

Foto: «Yandeks.ru»

Obruch aylantirishga qaror qilganlar uchun bir nechta oddiy maslahatlar:
  • Kerakli o‘lchamdagi obruchni oling — mashg‘ulotlaringizning samarali bo‘lishi aynan shunga bog‘liq. Mashg‘ulotni endigina boshlaganlar uchun katta obruchdan foydalanish tavsiya etiladi, bu sekinroq aylantirish uchun muhim hisoblanadi. Iloji bo‘lsa, sotib olishdan oldin obruch aylantirib ko‘rishga harakat qiling.
  • Vazningizga mos keladigan obruchni toping. Yangi boshlaganlar yengil obruchlardan foydalangani ma’qul va vaqt o‘tishi bilan og‘irroq halqalarga o‘tishi mumkin.
  • Agar obruchda mashqlar qanday bajarilishi haqida hech qanday tasavvurga ega bo‘lmasangiz, mashg‘ulot haqidagi videolarini tomosha qiling yoki trenajyor zalidagi mutaxassisga murojaat qiling. Bu insonning o‘zi shug‘ullanishidan oldin asoslarni o‘rganishga yordam beradi.
  • Mashg‘ulotlarning boshida uzoq vaqt mashq qilib o‘zingizni ortiqcha ovvora qilmang. Mutaxassislar obruchni kuniga 2-3 marta 10 daqiqa davomida aylantirish kerakligini maslahat beradi. Ushbu mashqni asosiy mashg‘ulotlaringizga kiritishingiz yoki uni alohida bajarishingiz mumkin. O‘zingizdagi kuchni his qilganingizda, yuk va vaqtni oshiring.

«Obruch aylantirish bilan bog‘liq mashg‘ulotlar ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, obruch barcha ichki organlar va suyaklarni urib, belda ko‘karishlarni qoldirishi mumkin. Obruch menimcha, tanaga hech qanday yordam bermaydigan va kerakli natijalarni bermaydigan sport buyumi. Shuning uchun, siz uni faqat kayfiyatni ko‘tarish uchun aylantirishingiz mumkin», — deydi fitnes bo‘yicha mutaxassis.

Foto: «Yandeks.ru»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Natija hayratlanarli: Bir oy davomida har kuni obruch aylantirilsa organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?