18:22 / 04.12.2022
1 573

Ichaklar uchun foydali bo‘lgan mahsulotlar...

Ichaklar uchun foydali bo‘lgan mahsulotlar...
Foto: Harper's Bazaar
Bakteriyalar inson organizmiga zarar yetkazish xususiyatiga ega. Biroq ularning hammasi ham zararli emas, aksincha, ba’zi bakteriyalar sog‘liq uchun zarur. Bu «yaxshi» bakteriyalarni olish uchun ichaklaringiz uchun foydali bo‘lgan ovqatlarni iste’mol qilishingiz kerak.

Inson tanasida yaxshi bakteriyalar deb ataladigan trillionlab mikroblar mavjud bo‘lib, ularning aksariyati ovqat hazm qilish traktida joylashgan, shuning uchun iste’mol qilinadigan ovqat umumiy salomatlik bilan bog‘liq. Harper's Bazaar nashri ichaklar uchun foydali bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini taqdim etdi.

Qora shokolad
Shirinlikni sevuvchilar uchun ajoyib yangilik: qora shokolad ichak salomatligi uchun foydali hisoblanadi. Undagi kakao ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, shuncha yaxshi, shuning uchun kamida 70 foiz kakaoni o‘z ichiga olgan shokoladni tanlang. Kakao tarkibidagi polifenollar ichakdagi yaxshi bakteriyalarning sevimli ozuqasi bo‘lgan maxsus o‘simlik birikmasidir. Polifenollarni olma, chernika, olxo‘ri, funduk, qizil sharob va zanjabildan ham topish mumkin.

Foto: Harper's Bazaar

Dukkakli mahsulotlar
Ushbu arzon, biroq to‘yimli bo‘lgan dukkakli mahsulotlar prebiotiklarning ajoyib manbasi bo‘lib, ular foydali bifidobakteriyalarning o‘sishi va faolligiga yordam beradi. Ular o‘z navbatida, hazm bo‘lish jarayonining yaxshilanishiga va ichak yallig‘lanishining oldini olishga yordam beradi.

Konservalangan dukkaklilar mahsulotlarni lektinlar (ular vitamin va minerallarning so‘rilishiga xalaqit berishi mumkin)kabi «anti-ozuqa moddalari» miqdorini kamaytirish va ularning ichaklari sezgir odamlarga nisbatan chidamliligini oshirish uchun yaxshilab yuvib tashlang.

Foto: Harper's Bazaar

Zig‘ir urug‘lari
Zig‘ir urug‘lari ichak salomatligi uchun juda foydali. Ular omega-3 va xun tolasining yaxshi manbai bo‘lib, hazm qilish jarayonining yaxshilanishiga yordam beradi. Zig‘ir urug‘lari bilan birga ko‘p miqdorda suv ichish muhim: 1 osh qoshiq urug‘ 1 stakan suv bilan ichilishi kerak.

Foto: Harper's Bazaar

Suli yormasi
Suli yormasida murakkab uglevodlarning manbai mavjud. Boshqa ko‘plab donli mahsulotlardan farqli ravishda, u ovqat hazm qilish muammolari bo‘lgan insonlar uchun foydali hisoblanadi. Suli yormasining o‘rniga bug‘doyning katta donalilarini tanlang.

Foto: Harper's Bazaar

Qatiq
Qatiq «tirik» bakteriyalarning kuchli parhez manbai hisoblanadi. Bundan tashqari, oddiy sut bilan solishtirganda, u laktoza intoleransi bo‘lgan insonlarda oson hazm bo‘ladi. Foydali bakteriyalarga boy bo‘lgan boshqa fermentlangan mahsulotlar, jumladan, shakarsiz yogurt, tuzlangan karam, tempe va kimchi, an’anaviy qayta ishlash jarayonidan o‘tmaydi va fermentatsiya bosqichini o‘tkazib yubormaydi, shuning uchun jonli bakteriyalarni o‘z ichiga olmaydi.

Foto: Harper's Bazaar

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Ichaklar uchun foydali bo‘lgan mahsulotlar...