21:04 / 09.01.2023
875

Chuqur nafas olganda o‘pkada og‘riq paydo bo‘lishining sababi nima?

Chuqur nafas olganda o‘pkada og‘riq paydo bo‘lishining sababi nima?
Foto: Pinterest
Chuqur nafas olganda, o‘pka va ko‘krak qafasida kuzatiladigan og‘riq ovqat hazm qilish tizimi va nafas yo‘llarida jiddiy kasalliklar yoki nervlarning qisilishini ko‘rsatadi. Ko‘pincha bunday alomatlar yurak-qon tomir patologiyalari, asabiylik va jismoniy charchoq bilan birga kuzatiladi, deb yozadi Wday.

Ba’zida nafas olish paytida kuzatiladigan noqulaylik havoning sovishi, og‘ir jismoniy mehnat, intensiv mashg‘ulotlardan so‘ng paydo bo‘ladi. Ko‘krak sohasidagi og‘riqning sababi qon aylanish tizimining kasalliklari, yurak xuruji va ishemiya ham bo‘lishi mumkin.

Ko‘krak sohasida va o‘pkadagi og‘riqning asosiy sabablari:
  • qovurg‘alarning sinishiga sabab bo‘lgan zarba yoki shikastlanish;
  • o‘pka emboliyasi — qon ivishi arteriyani to‘sib qo‘yadi, o‘pkaning qon bilan ta’minlanishi yomonlashadi;
  • pnevmoniya, plevrit — shilliq qavatning viruslar tomonidan shikastlanishi, bu yallig‘lanish jarayonining rivojlanishiga olib keladi;
  • pnevmotoraks — kuchli zarba, jarohat, nafas olish tizimining infeksiyasidan keyin o‘pkaning zararlanishi;
  • qovurg‘a orasi nevralgiyasi.

Ayollarda ko‘krak qafasidagi og‘riq gormonal kasalliklar, mastopatiya tufayli yuzaga kelishi mumkin. Og‘riq ko‘krak qafasida bo‘lsa, terapevtga ko‘rinish kerak, dastlabki tekshiruv va shikoyatlar asosida pulmonolog, kardiolog, nevrolog, jarrohga yo‘llanma beriladi.

Chuqur nafas olayotganda ko‘krak qafasidagi og‘riq quyidagi alomatlar bilan birga kuzatilishi mumkin:
  • O‘pka emboliyasida nafas olish paytida og‘riq nafas qisilishi bilan birga keladi, yo‘talda qon aralashmalari paydo bo‘ladi, teri ko‘karadi va terlash kuchayadi. Kasallik juda xavfli, o‘limga olib kelishi mumkin.
  • Pnevmoniyada xirillab nafas olish, yuqori isitma, nam yo‘tal bilan birga keladi.
  • Plevrit bilan kasallanganda nafas olish paytida og‘riq kuchli bo‘lib, odam ko‘pincha kislorod yetishmasligini boshdan kechiradi.
  • Kasallik isitma, titroq, yo‘tal fonida yuzaga keladi.
  • Pnevmotoraksda nafas olish qiyinlashadi, holsizlik paydo bo‘ladi, odam bo‘g‘ilishni boshlaydi. O‘z vaqtida tibbiy yordam bo‘lmasa, kislorod yetishmasligidan o‘lim yuz berishi mumkin.
  • Ishemiya, yurak xuruji — kuchli og‘riq qo‘l, jag‘ga berishi mumkin. Og‘riq sindromi stress, jismoniy zo‘riqish, ovqatdan keyin paydo bo‘ladi. Ba’zida nafas qisilishi, qayt qilish, kuchli holsizlik paydo bo‘ladi.
  • Qovurg‘a orasi nevralgiyasida og‘riq odatda harakat yoki tana holatining o‘zgarishi bilan kuchayadi.

Agar ko‘krak qafasidagi og‘riq hazm qilish tizimi kasalliklari tufayli yuz bersa, u ovqatdan keyin kechasi kuchayadi.

Nafas olayotgandagi og‘riq xavfli alomatdir, hamma narsa tez orada o‘tib ketishiga umid qilib, tabletkalarni ko‘rsatmsiz ichmaslik kerak. O‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam jiddiy patologiyalar va asoratlar rivojlanishining oldini olishga yordam beradi.

Odatda o‘tkir bronxit shamollashga o‘xshash alomatlar bilan boshlanadi: charchoq, tomoq og‘rig‘i, keyin yo‘tal, isitma, bosh og‘rig‘i. Ba’zi alomatlar 2-3 kundan keyin yo‘qoladi va yo‘tal bir necha hafta davom etishi mumkin. Yo‘talni yo‘qotishga harakat qilmaslik lozim, chunki bu organizmning himoya reaksiyasidir. Nafas olish tizimida doimiy ishlaydigan tozalash mexanizmi ishlamay qolganda yo‘tal yuzaga keladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Chuqur nafas olganda o‘pkada og‘riq paydo bo‘lishining sababi nima?