Foto: Kaouther Djouada / Unsplash
Rossiyalik shifokor va diyetolog Mixail Ginzburg tez-tez iste’mol qilinishi tushkunlik va xavotirga sabab bo‘luvchi mahsulotlarni sanab o‘tdi. U ayniqsa, shakarni va tarkibida shakar bo‘lgan mahsulotlar – konfetlar, tort va pishiriqlarni ajratib ko‘rsatdi.
«Odamlar, albatta, shirinlik yeb, miyam yorishdi, deb o‘ylaydi, lekin aslida insonning miyasi o‘z-o‘zidan yaxshi ishlasa, unga shakar ko‘rinishidagi qo‘shimcha stimulyator kerak emas», dedi u.
Bundan tashqari, tushkunlikka neyro-yallig‘lanish ham sabab bo‘lishi mumkin. O‘z navbatida, uni non, kartoshka va guruch keltirib chiqarishi mumkin, chunki bu mahsulotlar qondagi shakar miqdorini tezda oshiradi.
Diyetolog so‘zlariga ko‘ra, bu mahsulotlarni tanovul qilgandan keyin yanada ko‘proq ovqat yeyishni xohlaysiz. Inson miyasida mukofotlash tizimi ham o‘zgaradi. Bu esa ovqatdan zavqlanishga, uning yo‘qligida esa tushkunlikka olib keladi.
«Trans yog‘lar (margarin, kungaboqar moyi, kolbasa, sardelkalar) miyadagi qon tomirlari faoliyati buzilishi ehtimolini oshiradi, bu esa depressiv kasalliklarga olib kelishi mumkin», dedi Ginzburg. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?