20:34 / 24.01.2025
567

Lazerli koʻz korrektsiyasi koʻrishni qanday tiklaydi?

Lazerli koʻz korrektsiyasi koʻrishni qanday tiklaydi?
Foto: autodromium.com
Koʻzoynak va kontakt linzalardan butunlay xalos boʻlishingiz mumkinligi haqida oʻylab koʻrganmisiz? Lazerli koʻz korrektsiyasi dunyoga aniq va ravshan nazar tashlashni orzu qilganlar uchun qutqaruvchi yoʻlga aylanmoqda.

Qanday ishlaydi

Lazerli korrektsiya rogovitsaning shaklini oʻzgartirish orqali nurlarning toʻgʻri tarzda setchatkaga yoʻnalishini ta'minlaydi. Xirurg lazer yordamida mikroskopik toʻqimalarni olib tashlab, koʻrishdagi nuqsonlarni bartaraf etadi. Jarayon bir koʻzga atigi 5-15 daqiqa vaqtni oladi va darhol natija beradi.

Kimlar uchun mos

Bu usul quyidagi holatlarda yordam beradi:
- Blizoruklikda (miopiya) -12 dioptrigacha.
- Dalnozorlikda +6 dioptrigacha.
- Astigmatizmda +/-4 dioptrigacha.

Shuningdek, linza taqishga yoki aynak kiyishga mos kelmaydigan kasb egalari uchun ham ajoyib echimdir.

Qoʻllanilmaydigan holatlar

Lazerli korrektsiya quyidagi holatlarda oʻtkazilmaydi:
- 18 yoshga toʻlmaganlik.
- Homiladorlik yoki emizish.
- Quruq koʻz sindromi.
- Glaukoma, katarakta, rogovitsa kasalliklari.
- Faol infektsiyalar yoki yalligʻlanish holatlari.

Tayyorgarlik

Operatsiyadan 2-3 hafta oldin:
- Linza taqishni toʻxtating.
- Koʻzga tushadigan yuklamalarni kamaytiring.
- Alkogol va yalligʻlanishga qarshi dori vositalarini iste'mol qilishni toʻxtating.

Zarur analizlarni oʻtkazib, shifokor bilan maslahatlashing.

Tiklanish

Operatsiyadan soʻng quyidagilarga e'tibor berish muhim:
- Koʻzlarni suv va chang bilan kontaktdan asrang.
- Quyoshdan himoyalovchi koʻzoynak taqing.
- Jismoniy yuklamalarni va gadjetlardan foydalanishni cheklang.

Toʻliq tiklanish bir necha kundan ikki haftagacha davom etishi mumkin.

Miflar va haqiqat

Koʻpchilik ushbu jarayon koʻzga zarar etkazishi yoki tugʻmagan ayollar uchun tavsiya qilinmasligiga ishonadi. Aslida, lazerli korrektsiya xavfsiz va kelajakda koʻz sogʻligʻiga ta'sir qilmaydi.

Nega lazerli korrektsiyani tanlash kerak
- Tez tiklanish.
- Uzoq muddatli natija.
- Yara va ogʻriq yoʻqligi.
- Koʻzoynak va linzalarni unutib yurish imkoniyati.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik