
Qahva kerakli energiyani ta’minlab, kun davomida sergaklik baxsh etadi. Shuningdek, u yurak xastaliklari va qandli diabet xavfini kamaytirish xususiyatiga ega. Biroq ko‘pchilik qahva jigar salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan bexabar.
Qora qahva – eng foydali tanlov

Ta’kidlash joizki, mazkur tadqiqot aynan qora qahvaning foydalari haqida. Ya’ni unga sut, shakar, qaymoq yoki boshqa qo‘shimchalar qo‘shilmagan holda iste’mol qilish tavsiya etiladi. Qahvaning turi uning samaradorligiga bevosita ta’sir qiladi.
Qahva va jigar fermentlari
Jigar shikastlanganda, qonga aspartat aminotransferaza (AST) va alanin aminotransferaza (ALT) fermentlari ko‘p miqdorda chiqadi. Agar bu fermentlarning qondagi darajasi past bo‘lsa, demak, jigar sog‘lom hisoblanadi. Ular jigarda toksinlarni parchalash, safro ishlab chiqarish va infeksiyalarga qarshi kurash jarayonida ishtirok etadi.
Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, kundalik qahva iste’moli ALT va AST fermentlari darajasini kamaytiradi. Bunda, qahvaning tarkibiy qismlari jigar sirrozidan himoya qilish xususiyatiga ega ekani taxmin qilinmoqda.
Jigar fibrozi va qahva
Jigar fibrozi – jigar hujayralarining shikastlanishi natijasida sog‘lom to‘qimalarning biriktiruvchi to‘qima bilan almashishi jarayonidir. Bu holat jigar faoliyatining buzilishiga olib kelishi mumkin. Agar bunday jarayon davolanmasa, sirroz va jigar yetishmovchiligiga sabab bo‘lishi mumkin.
Qahva va o‘simlik choylarini muntazam iste’mol qilish jigar to‘qimalarining zichligini pasaytiradi, bu esa jigar fibrozining rivojlanishini sekinlashtirishi mumkin.
Qahva va sirroz
So‘nggi tadqiqotlar qahva alkogol sababli kelib chiqadigan jigar sirrozining xavfini kamaytirishini ko‘rsatmoqda. Bu uning jigar hujayralarini himoya qilish xususiyati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Jigar saratoni xavfini kamaytirish
Qahva jigar saratoni xavfini kamaytirishda ham yordamchi omil bo‘lishi mumkin. Biroq bu hali aniq isbotlanmagan gipoteza bo‘lib, mutaxassislar tomonidan qo‘shimcha tadqiqotlar talab etiladi.
Qahva nafaqat sergaklikni oshiradi, balki jigar salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayniqsa, uni qora holda, qo‘shimchalarsiz iste’mol qilish eng foydali tanlov hisoblanadi. Biroq, har qanday mahsulotni me’yorda iste’mol qilish muhim, shuningdek, jigar salomatligi uchun umumiy sog‘lom turmush tarziga rioya qilish ham zarur. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar