11:58 / 27.05.2017
23 386

Organizmni tozalashga yordam beruvchi mahsulotlar

Organizmni tozalashga yordam beruvchi mahsulotlar
Amerikalik olimlar qanday mahsulotlar organizmni tozalashga yordam berishini ma’lum qilishdi. Mutaxassislar fikricha, inson organizmi har kuni katta miqdordagi egulikni qayta ishlovchi o‘ziga xos filtr hisoblanadi. "Ortodoks" tibbiy portalida ta’kidlanishicha, zararli moddalarning aksariyati "filtr"ni ifloslantiradi, shu bois organizmga tozalanishga yordam beruvchi mahsulotlar ro‘yxati taqdim etildi.

Sarimsoq
- ana shunday mahsulotlardan biri. U biologik faol selen va oltingugurt sekresiyasini oshirish xususiyatiga ega - bu detoksikasiya jarayoni (toksinlarning organizmdan yo‘qolishi) uchun eng muhim ikki komponent hisoblanadi.

Undan keyingi o‘rinda - ko‘katlar. Petrushka, ismaloq va ukrop ovqat hazm qilish tizimini tozalashni yaxshi uddalaydi. Ularda zararli bakteriyalarning ko‘payishiga to‘sqinlik qiluvchi xlorofil mavjud.

Ro‘yxatda shuningdek sitrus mevalar ham qayd etilgan. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, tongni yangi tayyorlangan sitrus meva sharbati bilan boshlash kerak, shunda organizmingiz sizdan minnatdor bo‘ladi. Sitruslarda ko‘p bo‘lgan S vitamini olimlar tomonidan detoksikasiyada qatnashuvchi eng muhim elementlardan biri sifatida tan olingan.

Bundan tashqari, piyoz, brokkoli, bryussel karami, sparja, lavlagi va sabzi ham organizmni tozalashda yordam beradi.

Agar rasioningizda shu mahsulotlar bo‘lsa, oshqozon-ichak trakti soat kabi ishlaydi. Dengiz o‘simliklari juda noyob elementlar - spirulin va xlorelga boy bo‘ladi. Bu elementlarni oddiy oziq-ovqat mahsulotlarida topishning deyarli iloji yo‘q. Tibbiyot xodimlarining ta’kidlashicha, dengiz karami va boshqa suvosti o‘simliklari eng yaxshi "tozalovchi" vositalardan biridir.

Shuningdek shifokorlar zaytun yog‘i, qovoq va kungaboqar pistalari, yong‘oqlar, avokado iste’mol qilishni va ko‘k choy ichishni tavsiya qilishadi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Organizmni tozalashga yordam beruvchi mahsulotlar