Buyuk Britaniya stomatologiya olimlarining yangi ixtirosi shu haqda. Tish kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar ko‘p hollarda shifokor huzuriga borishga cho‘chishadi va kasallikni o‘tkazib, uni yanada zo‘rayib ketishiga zamin yaratib berishadi. Yaqinda Buyuk Britaniya stomatologiya olimlari yangi ixtironi amalga oshirishdi. Bu ixtiro bilan endi hech kim tish og‘rig‘idan shifokorga ko‘rinishdan cho‘chimaydi.
Buyuk Britaniya olimlari tish kasalligidan aziyat chekayotgan 100 nafar bemorda mazkur ixtironi sinab ko‘rishdi. 95 nafar bemorda bu ijobiy natijani ko‘rsatdi. Bemor davolash kursisiga o‘tirishi bilan unga 3D ko‘zoynak beriladi va u ko‘z oldida 3D virtual olamga sayohat qiladi. Bu bilan u og‘riqdan va boshqa tashvishlardan xalos etiladi.
Qarabsizki, bemor og‘riqni batamom unutadi. Bemorlarga tish davolash mobaynida hech qanday og‘riqni qoldiruvchi ukol yoki dori berilmaydi. Yaqin kunlarda ixtironi omma e’tiboriga havola etish rejalashtirilgan. Olimlar bu ixtiro haqida hali to‘la ma’lumot berishmayapti. Barchasi taqdimot kuniga rejalashtirilganini aytishmoqda.
Manba: darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi