— Shirinliklar savdosi bilan shug‘ullanganim bois kun davomida shokolad, konfetlarni ko‘p iste’mol qilaman. Asli kichikligimdan shirinlikka o‘chman. Biroq bu odatning sog‘liqqa zarari bor, deyishadi. Haqiqatan ham shundaymi?
Begzod Asqarov, Toshkent viloyati
Nodira Hamroyeva, oliy toifali shikofor-terapevt:
— Har qanday mahsulot me’yorda iste’mol qilinishi lozim. Xususan shirinliklar ham. Ortiqcha tanovul qilingan shirinlik ortiqcha vaznga olib keladi. Bu esa qandli diabetga moyillikni paydo qilishi mumkin. Shuningdek, miqdori nazorat qilinmagan shirinliklar oshqozon osti bezi faoliyatiga ham nojo‘ya ta’sir ko‘rsatadi. Tish kasalliklari, tomirlar holatiga ham salbiy oqibatlari bo‘lishi mumkin. Erkaklar uchun shirin mahsulotlar miqdori sutkasiga 150 k.kaloriy, ya’ni 9 choy qoshiq shakar bo‘lsa, ayollar uchun 100 kkal, 6 choy qoshiqni tashkil etadi. Faol jismoniy harakatda bo‘lgan hamda aqliy mehnat talab qilinadigan kasb egalari shirinlik miqdorini salgina ko‘paytirishlari mumkin. Kamharakat insonlar esa aksincha, shirinlik iste’molini kamaytirishlari tavsiya etiladi.
Manba: «Darakchi» “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!