10:03 / 21.01.2018
7 409

Hadis xabarini tib ilmi ham tasdiqlamoqda

Hadis xabarini tib ilmi ham tasdiqlamoqda
Janobi payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bir hadislarida shunday marhamat qiladilar: «Kimki yog‘ surkamoqchi bo‘lsa, qoshlaridan boshlasin. Zero, bunday qilishi bosh og‘rig‘ini yo‘qotadi. Qoshlar odamzotning vujudidagi ilk chiqqan tuklardir». (Hakim Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilgan, zaif)

Bu hadisi sharifda qoshlar bilan bosh og‘rig‘i orasida muayyan bir munosabat borligi ifoda etilmoqda va yana inson vujudida birinchi bo‘lib qosh tuklari paydo bo‘lishi ta’kidlanmoqda. Hazrati payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hech handay asbob-uskunasiz bundan 1400 yil muqaddam aytib qo‘yganlari ushbu haqiqatni tibbiyot fani yaqin yillardagina kashf etdi. Risolat davrlarida bu haqiqatni hozirgiday yo‘sinda aniqlash uchun ona bachadonidagi homilani maxsus zarrabinlar yordamida uzluksiz kuzatib borish kerak edi. Vaholanki, u zamonlarda bunday jihozlar bo‘lmagan.

Hozirgi paytda professor Uveis Maskorning tibbiyot fakultetlarida o‘qilayotgan "Embriologiya" darsligining 207-betida shunday satrlar bor: "Homilada dastlabki tuklar embrional davrning 4-bosqichida ko‘rina boshlaydi va eng birinchi bo‘lib qoshlar (!) o‘sib chiqadi". Life Sciene Libraruga qarashli bo‘lgan "GROWTH" nomli asarning 193-sahifasida esa tibbiyot ilmi bu haqiqatni yanada yaqqol tan olmoqa va: "RASULULLOH TO‘G‘RI AYTGAN EKAN!" demoqda.
"Ilohiy mo‘’jizalar" kitobi asosida
Abu Muslim tayyorladi

Manba: muslima.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Hadis xabarini tib ilmi ham tasdiqlamoqda