date 13:20 / 02.02.2018
views 12 602

Pista yog‘i va baliq moyi jigar xastaliklariga sababchi bo‘lishi mumkin ekan…

Pista yog‘i va baliq moyi jigar xastaliklariga sababchi bo‘lishi mumkin ekan…
Xalqaro olimlar guruhi o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida uzoq muddat pista yog‘i va baliq moyini iste’mol qilish jigar xastaliklariga olib kelishini aniqladi. Ikkala mahsulot ham oqibatda jigarda steatogepatit rivojlanishini ta’minlab, bu a’zoda salbiy o‘zgarishlar sodir etadi. Ayniqsa, baliq moyi telomerlar qisqarishini keltirib chiqaradi.

Eslatib o‘tamiz, telomer xromosomalarning uch qismi hisoblanib, agar ular qisqara boshlasa, qarilikdan, uzaysa saraton xastaligi xavfidan darak beradi. Metabolik steatogepatit esa jigarda triglitseridlar haddan tashqari ko‘p yig‘ilib qolishi oqibatida yuzaga keladi. Agar steatogepatitni o‘z vaqtida davolanmasa, jigar sirroziga aylanib ketadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik