13:05 / 19.03.2018
7 950

Qadoqlangan mineral suvlar tarkibida katta miqdorda plastik mavjud ekan…

Qadoqlangan mineral suvlar tarkibida katta miqdorda plastik mavjud ekan…
Plastik inson hayoti uchun juda xavfli element hisoblanadi. Xuddi shu xavf har bir qadoqlangan mineral suvda, aniqrog‘i, bir litr mineral suvda 325 tadanni tashkil etadi. Nyu-York shtati universiteti kimyogarlari maxsus tadqiqotlar o‘tkazish jarayonida shu narsani aniqlashga muyassar bo‘lishdi. Ular dunyoning 9 ta mamlakatida qadoqlangan bir litrlik mineral suvlarni laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazishdi.

Bu jami 259 ta idishdagi mineral suvlar edi. Shularning atigi 17 tasida plastik bo‘lakchalari yo‘qligi aniqlandi. Qolganlari mikroplastik deb atalgan ko‘rinmas ajalga liq to‘la ekan. Ular polipropilen qoldiqlari bo‘lib chiqdi. Vaholanki, mineral suvlar to‘latilgan idishlar uchun xuddi o‘sha polipropilendan qopqoqlar yasaladi.

Darvoqe, mikroplastiklarning hajmi odam soch tolasi qalinligiga teng.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Qadoqlangan mineral suvlar tarkibida katta miqdorda plastik mavjud ekan…