11:53 / 31.03.2018
5 722

Sog‘lom yurakning "oddiy siri" topildi

Соғлом юракнинг "оддий сири" топилди
Optimistik odamlar yurak-qon tomir kasalliklaridan kamroq aziyat chekadi. Bundan amerikalik olimlarning tadqiqoti ma’lumotlari darak bermoqda, deb yozadi Kun nashri.

Ilmiy ish uchun kelib chiqishi lotin amerikalik bo‘lgan 4 900 AQSh fuqarosi haqidagi ma’lumotlardan foydalanildi. Olimlarning fikriga ko‘ra, bu guruh eng himoyasiz, sababi hamma ham ingliz tilini bilmaydi, ispan tilini tushunadigan shifokorni topish esa oson emas.

Ularning barchasi tana massasi indeksiga, harakatlanish, plazmadagi glyukoza darajasi, qon bosimiga qarab guruhlarga bo‘lingan.

Ko‘ngillilardagi optimizm darajasi maxsus test yordamida o‘lchandi.

Aniqlanishicha, optimistik odamlarning yurakdan shikoyat qilish ehtimoli kamroq ekan. Ko‘p paytlarda yaxshi kayfiyatda bo‘lganlarning yuragi nisbatan sog‘lom bo‘lgan.

Tadqiqot mualliflari so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda yurak va ruhiy holat o‘rtasidagi aloqa haqida aniq ma’lumot yo‘q. Biroq, amalga oshirilgan tajriba juda aniq bog‘liqlikni ko‘rsatadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Sog‘lom yurakning "oddiy siri" topildi