
Tremor “titroq” degan ma’noni anglatadi. Tremor (Qo‘l qaltirashi) ikkala qo‘l, oyoqlar, bosh va tanada kuzatiladigan titroqlar.
Tremor nevrozda, ya’ni ko‘p asabiylashadigan va tez hayojonlanadigan odamlarda ko‘p uchraydi. Bunday odamlarda ortiqcha hayojonlanish tremorni kuchaytirib yuboradi. Biroq tremor eng ko‘p uchraydigan va yillab davom etadigan kasallik borki, uning nomi “Essensial tremor”dir. Bu kasallik ko‘pincha nasldan naslga o‘tadi.

Bo‘qoq kasalligida ham tremor kuzatiladi. Ularda yurakning tez urishi, ko‘p terlash, oyoq-qo‘llarning muzlab yurishi, qo‘rquv va fobiyalar, qonda T3 va T4 miqdorining oshishi tireotoksik tremor uchun juda xos.
Har bir inson bunday kasallikdan qutulish uchun asabiylashmasligi va qo‘ldan kelgancha o‘zini har qanday vaziyatda tuta bilishi kerak. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar