Foto: «Muslim.uz»
Ro‘za tutish insonning qandli diabet kasaliga chalinmasligiga sabab bo‘ladi, deb yozadi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.
Doktor Ahmad Fanjariy aytadi: «Ro‘za tutganda qondagi qand (shakar) miqdori eng past darajagacha tushadi. Bu esa oshqozon osti bezi faoliyatini me’yoriga keltiradi. Ma’lumki, oshqozon osti bezi insulin ishlab chiqaradi. Bu qand moddasini tindirib yog‘ga aylantiradi va to‘qimalarda to‘playdi.
Agar ortiqcha ovqat iste’mol qilinsa, oshqozon osti bezi faoliyati buzilib, o‘z vazifasini bajara olmaydi. Natijada qondagi qand miqdori ortib, vaqt o‘tgan sari qandli diabet kasalligini paydo qiladi. Oshqozon osti bezining me’yorda ishlashi va qandli diabet kasalligining oldini olishda ro‘zaning o‘rni beqiyosdir».
Ro‘za tutish bilan qon va teridagi suv miqdori kamayadi. Natijada:
- terining mikroblarga qarshi immunitetini oshiradi;
- teridagi o‘tkir yallig‘lanishlarni va ularning tarqalishini kamaytiradi;
- allergiya va yuzdagi toshmalarni quritadi;
- ichaklar faoliyatini yaxshilaydi va teridagi chipqonlarni yo‘qotadi.
Tibbiyot mutaxassislari tadqiqotlar natijasida ro‘zaning ekzema — teri kasalligi, terida pufakchalar hosil bo‘lishi, qo‘tir-qo‘tir va katta-kichik po‘st paydo bo‘lishi bilan kechadi va podagra — moddalar almashinuvi buzilganda uchraydigan kasalliklariga eng yaxshi muolaja bo‘lishini aniqlagan. Ushbu kasalliklar asosan ko‘p ovqatlanish va vazn ortib ketishi tufayli kelib chiqadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”