Rozenyor Chelsea-da uzoq muddatli muvaffaqiyatga intilmoqda

Rozenyor Chelsea-da uzoq muddatli muvaffaqiyatga intilmoqda

«Chelsea» bosh murabbiyi Liam Rozenyor klubdagi kelajagi va maqsadlari haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar bermoqda. .

41 yoshli ingliz mutaxassisi yanvar oyining boshida londonliklar boshqaruvini qo‘lga olgan. Uning «ko‘klar» bilan shartnomasi 2032 yilgacha mo‘ljallangan.

«Hozir shu lavozimdaman va, albatta, imkon qadar uzoqroq shu yerda bo‘lishni istayman. «Chelsea»da ko‘p yillar ishlash niyatim bor. Bu faqat men haqida emas — futbolchilar, egalar, xodimlar va sport direktorlariga ham tegishli. Men uzoq muddatli va muvaffaqiyatli loyihaning bir qismi bo‘lishni istayman. Shu sabab bu taklifni qabul qildim», — jurnalist Bobbi Vinsent Rozenyor so‘zlarini keltirdi.

Bugun «Chelsea» APL doirasida safarda «Arsenal»ga qarshi o‘ynaydi.

Ajouter Zamin.uz à GoogleLisez «Zamin» sur Telegram!
Discuss with Zamin AIAnalyze the news, get useful answers

Commentaires 0

Actualités connexes