Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari har kuni bor-yo‘g‘i 40 grammdan pishloq iste’mol qilish insult rivojlanishining va yurak ishemik kasalliklarining oldini olishi mumkin ekanligini tasdiqladi.
Parhezshunoslar uzoq yillar pishloqqa nisbatan munozarali munosabatda bo‘lgan: bir tomondan — uning tarkibida xolesterin miqdorini ko‘taruvchi, ateroskleroz va yurak-tomir kasalliklari xavfini oshiruvchi to‘yingan yog‘lar ko‘p, boshqa tomondan — uning tarkibi organizm uchun foydali bo‘lgan oqsillar, kalsiy va probiotiklardan tashkil topgan.
Xitoy va Niderlandiya olimlari guruhi tomonidan o‘tkazilgan bir necha tadqiqot natijalaridan keyin ular, muntazam ravishda pishloq iste’mol qiluvchi kishilar pishloqni umuman iste’mol qilmagan va kam iste’mol qiluvchilarga qaraganda yurakning ishemik kasalliklari bilan 14% , insult bilan esa 10% kam kasallangan degan xulosaga keldi.
Shu bilan birgalikda tadqiqot mualliflari pishloq iste’mol qilish va yurak-tomir kasalliklarining rivojlanishi orasiga — agar siz har kuni katta bo‘lakdan pishloq yemasangiz, unda insultning paydo bo‘lish xavfini kamaytira olmaysiz (yoki aksincha) kabi to‘g‘ri bog‘liqlik o‘rnatish mumkin emasligini eslatib o‘tdi.
Me’yorini bilish muhim: xuddi shu tadqiqotlarga ko‘ra, eng yaxshi ko‘rsatkichlar bir kunda 40 grammga yaqin pishloq iste’mol qiluvchi odamlarda bo‘lgan.
Garchi olimlar pishloq iste’mol qilish va kasalliklar xavfining kamayishi orasidagi bog‘liqlikni aniqlay olmagan bo‘lsa ham, doktor Alan Styuart hamma gap pishloqning tarkibidagi probiotiklar va kon’yugirlangan linol kislotasining yuqori darajasida deb taxmin qiladi.
Birinchisi yallig‘lanish jarayonlarini kamaytiradi, kislotalar esa yomon xolesterin darajasini pasaytirish va yaxshi xolesterin darajasini ko‘tarish xususiyatiga ega.
Olimlar tadqiqotlarni davom ettirish va nafaqat pishloqning, balki uning boshqa navlarining ham foydasini o‘rganish niyatida. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi