Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Iste’molchilar huquqlari bo‘yicha maxsus komissiyasi fuqaroga Captiva-5 avtomobilini yetkazib berish va penya to‘lash haqida qaror qabul qilib, «Sitora avto savdo» MCHJga ijro etish uchun ko‘rsatma qilib yuborgan, ushbu MCHJ esa Savdo-sanoat palatasi orqali bu qaror ustidan sudga ariza kiritgandi. Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning yozishicha, sud uning arizasini qanoatlantirishni rad qilgan.
- Agar qaror qonuniy kuchga kirsa, diler qanday bo‘lmasin Captiva-5 avtomobilini fuqaroga yetkazib berishiga to‘g‘ri keladi. Biroq qonunlarni tan olmay, iste’molchilarni oyoqosti qiladigan, Prezident topshiriqlarini ham bajarmaydigan monopolist O‘zbekistonda sud qarorlarini tan oladimi, yo‘qmi — hamma gap shunda. Ko‘ramiz, — deb yozmoqda deputat.
Ma’lumot uchun, «O‘zavtoMotors» bir guruh dilerlar orqali fuqarolarning ishonchiga kirib, Captiva-5 avtomobillari uchun oldindan pul olib, avtomobillarni yetkazib bermagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi