date

Ford transmissiyasida nuqson aniqlangan 200 mingdan ortiq avtomobilni chaqirib olishini ma’lum qildi

Ford transmissiyasida nuqson aniqlangan 200 mingdan ortiq avtomobilni chaqirib olishini ma’lum qildi

AQShning Ford avtomobilsoz korporasiyasi AQSh va Kanadada sotilgan 202 ming avtomobilni avtomatik o‘tkazmalar qutisidagi nuqson bois ta’mir uchun chaqirib oladi. Bu haqda, kompaniya rasmiylarining bayonotiga tayanib, “Vedomosti” xabar bermoqda, deyiladi "Daryo" nashrida.

Servis aksiyasi 2011–2012-yillarning F-150 pikaplarini, shuningdek, 2012-yilning Expedition va Lincoln Navigator yo‘ltanlamaslarini qamrab oladi.

Tilga olingan avtomobillarda zavoddagi xatolik tufayli transmissiya nuqsoni vujudga kelgan — u kutilmaganda harakat chog‘ida birinchi tezlikka o‘tib qolishi mumkin. Bu nosozlik tufayli kamida uchta avtohalokat sodir bo‘lgani ma’lum.

Bundan tashqari, 2014–2015-yillarning 80 mingta Explorer krossoverlari ham ta’mir uchun qaytarib olinadi.

Barcha nuqsonlar bepul bartaraf etiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Ford transmissiyasida nuqson aniqlangan 200 mingdan ortiq avtomobilni chaqirib olishini ma’lum qildi