07:45 / 16.12.2022
1 528

O‘zbekiston avtomobil bozori: ortib borayotgan talab, eng ko‘p savdo amalga oshirilgan hududlar haqida

O‘zbekiston avtomobil bozori: ortib borayotgan talab, eng ko‘p savdo amalga oshirilgan hududlar haqida
O‘zbekiston avtomobil bozorining noyabr oyidagi vaziyati tahlil qilindi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, noyabr oyida mamlakat bo‘yicha 159 mingdan ortiq avtotransport vositalari sotildi. Bu oktabr oyiga nisbatan 41 foiz ko‘p.

Ro‘yxatga va qayta ro‘yxatga olingan avtomobillar soni o‘zgarishi:

Foto: Review
O‘zbekistonning barcha hududlarida faollikning o‘sishi kuzatildi. Xususan, noyabr oyida sotuvlarning eng katta o‘sishi Toshkent shahrida 2 baravar, Farg‘onada 57 foiz va Surxondaryoda 47 foiz o‘sish qayd etildi.

Umuman olganda, yil boshidan buyon O‘zbekistonda avtomobillar savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 baravar ko‘payib, 1,3 million avtotransport vositasini tashkil etdi.

Avtotransport vositalarining birlamchi bozoridagi faoliyat
Noyabr oyida birlamchi avtomobil bozorida (yangi) avtomobillar savdosi sezilarli darajada oshdi. Xususan, ro‘yxatdan o‘tgan avtotransport vositalari soni bir oyda 57 foizdan 33 minggacha, bir yilda 68 foizga oshdi.

Avtotransport vositalarining (eski avtomobillar) ikkilamchi bozorida takliflar soni ham sezilarli darajada oshdi.

Kuzning so‘nggi oyida mamlakatda 126 mingdan ortiq avtomobil sotildi. Bu oktabr oyiga nisbatan 38 foizga ko‘pdir. Yil davomida ikkilamchi avtomobil bozori 2,5 baravar o‘sdi.

Mahalliy yengil avtomobillar va xorijiy avtomobillarning birlamchi bozori
Noyabr oyida mahalliy brendlarning yangi yengil avtomobillarini sotish 27 mingtani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich oktabr oyiga nisbatan 58 foizga o‘sdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sotuvlar 70 foizga oshdi.

Mahalliy va chet elda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi ulush­­­­:

Foto: Review
Bir oy davomida chet elda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillarni sotish hajmi 69,6 foizga o‘sib, 2,9 mingtaga yetdi, o‘tgan yilga nisbatan esa 2 baravar ko‘paydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekiston avtomobil bozori: ortib borayotgan talab, eng ko‘p savdo amalga oshirilgan hududlar haqida