Toshkentda dahshatli YTH yuz berdi

Bugun, 1 iyul tonggida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshisidagi Amir Temur prospektida dahshatli YTH yuz berdi. Kulrang Gentra va oq rangdagi Nexia ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi haqida Facebook’ning “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari xabariga asoslanib “Qalampir.uz” ma’lum qildi.

YTHning kelib chiqishi sabablari aniq emas. Guvohlarning ma’lum qilishicha, taxminan soatiga 160 km tezlikda harakatlanib kelayotgan Gentra avtomobili Nexia’ning biqinidan kelib “quchadi” va uni tanib bo‘lmas holatga keltiradi. Nexia bilan kifoyalanmagan Gentra haydovchisi yo‘l chetidagi ariqni hatlab o‘tib, temir to‘siqqa borib uriladi va katta archa daraxtini yiqitadi.

YTH natijasida hech kimga zarar etmagan. Xabar qoldirgan guruh a’zosining ma’lum qilishicha, haydovchilar ham jarohatlanmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing